Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TYUTORLARNING YOSHLAR KAMOLOTIDA TUTGAN O`RNI

Olimova Firuza AslonovnaBuxoro davlat universiteti axborot texnologiyalari fakulteti tyutori
2024en
ABI

Annotatsiya

Tyutor talabalarning shaxsiy rivojlanishiga, universitet, respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etishiga, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga ko‘maklashuvchi inson bo‘lib, u yigit-qizlarni kasbga yo‘naltirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, turli ilmiy to‘garaklarga jalb etish hamda muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topish bilan shug‘ullanadi. Tyutorlarning asosiy maqsadi - ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda universitet va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarning universitet hayoti va ta’lim jarayoniga moslashishiga ko‘maklashish, ularga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish va talabalarda tanlagan kasbiga muhabbatni oshirishdir. Shu bilan birga ular yigit-qizlarning dars mashg‘ulotlarini muntazam tahlil qilib boradi va sifatini oshiradi, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlaydi hamda ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bo‘lib turadi.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba