MALAY TILI O‘RGANUVCHILARINING YOZMA NUTQIDA KELISHIK QO‘SHIMCHALARIDAN FOYDALANISHDAGI XATOLAR
Annotatsiya
Malay tilida insho yozishda ushbu tilni o‘rganuvchilar tomonidan odatda xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi.Ushbu maqolada malay tilidan foydalanishdagi xato turlari kelishik qo‘shimchalari yordamida o‘rganilib, ulardan to‘g‘ri foydalanish uchun muammo yechimlari ham ko‘rsatib o‘tilgan.Ilmiy ish jarayonida O‘zbekiston universitetida malay tilini o‘rganayotgan talabalar tomonidan tuzilgan o‘ndan ortiq insholar chuqur o‘rganildi.Ulardan 45 daqiqa davomida “O‘zini tanishtirish” mavzusida 100 ta so‘zdan iborat insho yozish so‘raldi.Olingan natijalar esa Corder nazariyasiga asosan ega,kesim va kelishik qo‘shimchalarining qo‘llanilishi asosida tekshirildi hamda inshoda yo‘l qo’yilgan xatolarda bularning barchasida kamchiliklar borligi aniqlandi.
Hali tarjima qilinmagan