Sanoatda innovatsion loyihalarni moliyalashtirish
Annotatsiya
Ushbu maqolada innovatsiyaga yo‘naltirilgan korxonalarning o‘ziga xos xususiyati– tashqi moliyalashtirish manbalariga yuqori talab qo‘yilishi haqida so‘z boradi. Shu bilan birga,innovatsion faoliyat yuqori darajadagi noaniqlik va xatarlar bilan ajralib turadi. Shu sababli,innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning muhim tamoyillari moliyalashtirish manbalarining xilmaxilligi,tez o‘zgaruvchan tashqi muhitga moslashuvchanlik va adaptivlik hisoblanadi. Innovatsionloyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda o‘z mablag‘laridan foydalanish boshqaruv qarorlariniqabul qilishda maksimal erkinlikni ta'minlaydi. Shu bilan birga, innovatsion loyihalarni amalgaoshirish bo‘yicha xalqaro tajriba loyihaviy moliyalashtirishning qarz va ulush vositalarini qo‘llashsamaradorligini isbotlaydi. Mazkur maqolada Rossiya Federatsiyasida innovatsion loyihalarnimoliyalashtirishning asosiy vositalari ko‘rib chiqilgan, moliyaviy resurslarni izlash va jalbqilishning asosiy bosqichlari ajratib ko‘rsatilgan. Shuningdek, ushbu tadqiqot doirasida texnologikinnovatsiyalarga bo‘lgan xarajatlar va ularning moliyalashtirish manbalari, Rossiya korxonalariningpatent faolligi tahlil qilingan. Innovatsiyalarni loyihaviy boshqarishni rivojlantirishga to‘sqinlikqilayotgan asosiy iqtisodiy sabablar sanab o‘tilgan. Innovatsiyaga yo‘naltirilgan korxonalar uchunqarz mablag‘laridan foydalanishni kengaytirish choralari ishlab chiqish zarurati asoslab berilgan.