Asosiy kontentga oʻtish
Kitob

Ingliz va o'zbek tillarida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari: monografiya

Oybek AxmedovUzbek State University of World Languages
2024uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu monografiya ingliz va o‘zbek tillarida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolariga bag‘ishlangan. Ingliz va o‘zbek tillari soliq-bojxona terminlarining chog‘ishtirilishi orqali ularning derivatsion tamoyillari, affiksal, morfemik-morfologik, leksik-semantik, funktsional-semantik va sintaktik usulda yasalishi o‘rganilgan. Shuningdek, o‘zbek va ingliz tillaridagi soliq-bojxona terminlarining lingvistik markerlari, diskursda pragmalingvistik voqealanishi va tarixiy shakllanishi, soliq va bojxona terminologiyasining hozirgi bosqichdagi holati, fondi-genofondi, mazkur soha terminologiyasining ichki va tashqi omillar hisobiga boyish yo‘llari atroflicha tadqiq etilgan hamda o‘zlashma qatlamning miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan. Soliq-bojxona terminologiyasidagi sinonimiya, polisemiya, omonimiya, giperonimiya va giponimiyaning terminlar tarjimasida to‘sqinlik qiluvchi holatlarning yechimi topilgan. Terminlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga va aksincha, o‘zbek tilidan ingliz tiliga adekvat tarjima qilish tamoyillari hamda usullari (tasviriy, transformatsion, kal’ka, muqobil) ishlab chiqilgan. Ushbu sohalar terminologiyasi tartibga solinib, unifikatsiya qilingan. Monografiya O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 2024-yil 4-apreldagi 8-sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. Bosh muharrir: A.E. Mamatov, f.f.d., professor. Taqrizchilar: A.A. Nosirov, f.f.d., professor (O‘zDJTU); A.A. Xudaybergenov, PhD (NukDPI). ISBN 979-9944-5860-3-5. 176 bet.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba