Ingliz va o'zbek tillarida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari: monografiya
Annotatsiya
Ushbu monografiya ingliz va o'zbek tillarida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolariga bag'ishlangan. Ingliz va o'zbek tillari soliq-bojxona terminlarining chog'ishtirilishi orqali ularning derivatsion tamoyillari, affiksal, morfemik-morfologik, leksik-semantik, funktsional-semantik va sintaktik usulda yasalishi o'rganilgan. Shuningdek, o'zbek va ingliz tillaridagi soliq-bojxona terminlarining lingvistik markerlari, diskursda pragmalingvistik voqealanishi va tarixiy shakllanishi, soliq va bojxona terminologiyasining hozirgi bosqichdagi holati, fondi-genofondi, mazkur soha terminologiyasining ichki va tashqi omillar hisobiga boyish yo'llari atroflicha tadqiq etilgan hamda o'zlashma qatlamning miqdoriy ko'rsatkichlari aniqlangan. Soliq-bojxona terminologiyasidagi sinonimiya, polisemiya, omonimiya, giperonimiya va giponimiyaning terminlar tarjimasida to'sqinlik qiluvchi holatlarning yechimi topilgan. Terminlarni ingliz tilidan o'zbek tiliga va aksincha adekvat tarjima qilish tamoyillari hamda usullari (tasviriy, transformatsion, kal'ka, muqobil) ishlab chiqilgan. English abstract. This monograph presents a comparative linguistic analysis of tax and customs terminology in English and Uzbek and examines the problems of its translation. It studies the derivational principles of the terms and their affixal, morphemic-morphological, lexico-semantic, functional-semantic and syntactic formation. The book also explores the linguistic markers of tax and customs terms, their pragmalinguistic realisation in discourse and their historical development, the current state and core stock of the terminology, and the ways it is enriched through internal and external factors, including quantitative data on borrowed terms. It proposes solutions to translation difficulties caused by synonymy, polysemy, homonymy, hyperonymy and hyponymy, and sets out principles and methods (descriptive, transformational, calque and equivalent-based) for the adequate translation of terms from English into Uzbek and vice versa. Recommended for publication by the Council of Uzbekistan State World Languages University (Decision No. 8, 4 April 2024). Editor-in-chief: A.E. Mamatov. Reviewers: A.A. Nosirov, A.A. Xudaybergenov. ISBN 979-9944-5860-3-5. 176 pages.