Musiqiy meros orqali yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish: uzluksiz tarbiya tizimida yangi yondashuvlar
Annotatsiya
Annotatsiya: Mazkur magolada musiqiy merosning yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishdagi o'rni hamda uzluksiz tarbiya tizimida uni samarali go'llashning yangi yondashuvlari tahlil etiladi. Xususan, milliy va jahon musiqa mersining tarbiyaviy ahamiyati, uning shaxs kamolotiga ta'siri hamda yosh avlodda estetik did, milliy o'zlikni anglash va ma'naviy gadriyatlarni shakllantirishdagi roli yoi liladi. huningdek, zamonaviy ta lim jarayonıda innovatsion pedagogik texnologiyalar orgali musiqiy merosni o'qitish va targ'ib etish usullari ko'rib chiqiladi. Maqolada uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida musiqiy tarbiyani takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: Musiqiy meros, yoshlar ma'naviyati, uzluksiz tarbiya, estetik tarbiya, milliy qadriyatlar, musiqa ta'limi, innovatsion yondashuvlar, ma'naviy kamolot, madaniy meros, pedagogik texnologiyalar, yoshlar tarbiyasi, milliy o'zlik, san'at va tarbiya.