Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

Aholi turmush darajasini oshirishning ekonometrik modellashtirishida McCulloch-Pitts neyron modeli qo'llanilishi

Shoxrux MirzayevQarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, "Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv" kafedrasi assistenti, mustaqil tadqiqotchiDo'stmirzayevich Juraev FarrukhIqtisodiyot va pedagogika universiteti, "Iqtisodiyot" kafedrasi v.b. professori
2024
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada aholi turmush darajasini oshirish va moliyaviy qaror qabul qilish jarayonlarida neyron tarmoqlarning, xususan, McCulloch-Pitts (MP) modeli qo'llanilishining imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. Ushbu model inson miyasi faoliyatidan ilhomlangan bo'lib, qaror qabul qilishda avtomatlashtirilgan yondashuvlarni taqdim etadi. Aholining turmush darajasini yaxshilashda MP modeli byudjetlash, jamg'arma va xarajatlarni optimallashtirish orqali samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Moliyaviy qaror qabul qilish sohasida esa ushbu model oldindan belgilangan kiritmalar asosida qarorlarni avtomatlashtirishga xizmat qiladi. Maqolada ma'lumotlarning maxfiyligi, xavfsizligi va algoritmik tarafkashlik muammolari ham ko'rib chiqilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba