Yupqa mikroelementning magnitoelastik tebranishini matematik modellashtirish
Annotatsiya
Annotatsiya. Mikroelektromexanik tizimlar va nanotexnologiyalarni ishlab chiqarishda har xil turdagi materiallar qo‘llaniladi. Mikroelektromexanik tizimlar texnologiyalarining asosiy turlari yarimo‘tkazgichli asboblar va integral mikrosxemalar ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlardir. Mikroelektromexanik tizimlar komponentlari uchun yangi konstruktiv va texnologik yechimlar ham noyob xususiyatlarga ega bo‘lgan zamonaviy materiallar asosida yaratilgan. Ushbu ishda nostatsionar elektromagnit kuchlar ta`sirida bo`lgan noferromagnit yupqa plastinka shaklidagi mikroelementning magnitoelastik tebranishi matematik modellashtirilgan. Sonli natijalar olingan va elektromagnit effektlar tahlili o`tkailgan. Kalit so`zlar: plastinka, deformasiya, kuchlanish, magnitoelastiklik, elektromagnit maydoni.