XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQ NOMODDIY AKTIVLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi 4611-son―Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha choratadbirlartoʻgʻrisida‖gi qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan boshlab, aksiyadorlikjamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilartoifasiga kiritilgan korxonalar MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishinitashkil etadi va 2021-yil yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotni MHXS asosidatayyorlash belgilandi. Oʻz navbatida nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchischyotlar va ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish, shuningdek, nomoddiyaktivlar boʻyicha milliy standart qoidalarini xalqaro standartlarga uygʻunlashtirishdolzarb hisoblanadi.