QURILISH MATERIALLARI SANOATIDA AUDITORLIK FAOLIYATINING MOHIYATI VA VAZIFALARI
Komiljon MirzayevTDIU mustaqil izlanuvchi
2024
ABI
Annotatsiya
Ushbu maqolada qurilish materiallari sanoati korxonalarida auditorlik faoliyatining mohiyati, asosiy yo‘nalishlari va vazifalari yoritilgan. Ishlab chiqarishning ko‘p bosqichli tuzilmasi, yarim tayyor mahsulotlar, chiqindilar va ekologik xarajatlar kabi omillar auditorlik jarayonida alohida yondashuvni talab qiladi. Tadqiqotda mavjud muammolar tahlil qilingan, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Auditorlik faoliyatini raqamlashtirish, tahliliy protseduralarni kengaytirish va ichki nazoratni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba