Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Atrof-muhit obyektlarida temir (III) ionlarini aniqlash va monitoringini oʻtkazish

Norniso DavronovaToshkent kimyo texnologiya institutiZulayxo SmanovaO'zbekiston Milliy universiteti
2024
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Atrof-muhitning turli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi aholi, ayniqsa bolalar salomatligida salbiy o‘zgarishlarga olib keladi, bu esa fiziologik ko‘rsatkichlar, jismoniy rivojlanishning sekinlashuvi, kasalliklarning yuzaga kelishi va boshqa salbiy ta’sirlarda o‘zini ko‘rsatadi [1]. Temir esa organizmda almashtirib bo‘lmaydigan, hayot uchun zarur metallardan biridir. O‘simliklarda temirning massa ulushi 0,02%, hayvonlar organizmlarida esa 0,01% ni tashkil etadi. Inson organizmida, asosan qonning gemoglobinida, 5 g temir mavjud [2]. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, havodagi metall nanozarrachalarini nafas olish natijasida yuzaga keladigan temir ortiqchaligi miyokarddagi oksidlovchi stressni kuchaytirib, yurak-qon tomir kasalliklari uchun ekologik xavf omiliga aylanishi mumkin [3]. Shuning uchun atrof-muhitdagi temir ionlarini aniqlash va uning meyorlarini nazorat qilish dolzarb masalalardan biridir.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar