Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Oliy taʼlim muassasalarida kreativ yondashuv asosida mustaqil taʼlimni tashkil etishning didaktik imkoniyatlari

Nigora TuropovaTermiz Davlat UniversitetiAbbos BoltayevTermiz Davlat Universiteti
2024
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida kreativ yondashuv asosida mustaqil ta’limni tashkil etishning didaktik imkoniyatlari xususida ma’lumotlar aks ettirilgan. Mustaqil ta’lim o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat ekanligi ta’kidlangan. Mustaqil ishlar didaktik maqsadi, vazifasi, murakkablik darajasi, kimga (individual yoki jamoa uchun) mo‘ljallanganiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bundan tashqari, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda kreativlik usullaridan foydalanish juda muhim sanaladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar