Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlari

Vazira JumayevaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo`nalishi 2-kurs talabasiNozima NiyazovaIlmiy rahbar: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
2024
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

XXI asr iqtisodiyotining asosiy vazifalari orasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish muhim o`rin tutadi. Bu jarayon davlatning iqtisodiyotdagi rolini qisqartirish va bozor mexanizmlarini faollashtirish orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy liberallashtirishning asosiy maqsadi – iqtisodiy samaradorlikni oshirish, investitsiyalarni jalb qilish, ish bilan ta`minlash darajasini yuksaltirish hamda aholining turmush darajasini yaxshilashdir. Bu jarayon soliq siyosatining optimallashtirilishi, mehnat bozori va investitsiyaviy muhitning isloh qilinishi, shuningdek, innovatsiya va infrastruktura sohalarida o`zgarishlar kiritishni o`z ichiga oladi. Iqtisodiyotni liberallashtirish global raqobatbardoshlikni oshirish va iqtisodiy barqarorlikni ta`minlash uchun zarurdir. Mazkur maqola iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlarini, shu jumladan, iqtisodiy siyosat, investitsiya muhiti, tashqi savdo, moliya bozorlarining rivojlanishi va institutsional islohotlar kabi asosiy omillarni o`rganadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar