IZOHLI LUG'ATLARDA TERMINLARNING TIZIMLARARO KO'CHISHI
Annotatsiya
Annotatsiya: Ma’lum bir soha terminlarining boshqa sohalar terminologik tizimlariga o‘tishi (transterminlashuvi) obyektiv sabablar, turli sotsiolingvistik omillar tufayli amalga oshadi., terminlarning nisbatan barqarorligi bu leksikani sath va maydonlarga ajratib tadqiq qilishni mantiqiy jihatdan taqozo qilishi, bu metod differensial-semantik metodini qamrab olishi haqida fikrlar bildirilgan. So‘z ma’nolarining kengayishi va torayishi so‘zlarda yuz beradigan asosiy semantik o‘zgarishlar hisoblanadi. Terminlarga nisbatan ishlatilganda “maxsuslashtirish”, ijtimoiy xoslangan so‘zlarga nisbatan “chegaralanish” kabi sinonimlari qo‘llanadi. Jumladan, so‘z ma’nosining torayishi, uslubiy xoslanish, o‘z ma’noni kuchsizlanishi, sohaviy qo‘llanishi, ma’nosidagi hissiy-ta’siriy bo‘yoqning yo‘qolishi kabilar ko‘rib chiqilgan.Terminlarning tor ma’noli bo‘lishi uning muomala kiritilish davri, etimologiyasi, shuningdek, u qo‘llanayotgan fanning boshqa fanlar bilan integratsiyasiga bog‘liqligi haqida to‘xtalib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: termin, transterminlashuv, ma’no kengayishi, ma’no torayishi, hissiy-ta’siriy bo‘yoq, chegaralanish, uslubiy xoslanish, lug‘at.