TERMINOLOGIK SATH BIRLIKLARINING XOSSA VA XUSUSIYATLARI XUSUSIDA
Annotatsiya
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‗zbek texnik terminologiyasining nazariy asoslari, texnik terminlarning lingvistik tabiati hamda ularning shakllanish jarayoni tizimli ravishda tahlil qilinadi. Termin tushunchasining ilmiy talqinlari, texnik terminlarning monosemantiklik, tizimlilik va normativlik xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, texnik terminlarning o‗zbek tilida shakllanishiga ta‘sir etuvchi ijtimoiy-lingvistik omillar, termin tizimi va standartlashtirish masalalari ilmiy manbalar asosida ochib beriladi. Tadqiqot natijalari texnik terminologiyani me‘yorlashtirish va yagona terminologik bazani yaratish uchun nazariy asos bo‗lib xizmat qiladi. Kalit so‗zlar: terminologiya, texnik monosemantiklik, standartlashtirish, o‗zbek tili.