Oziq-ovqat muammolarini hal etish masalalarida landshaft omilining oʻrni va ahamiyatini oʻrganish
2024uz
ABI
Annotatsiya
Ushbu tezisda oziq-ovqat muammolarini hal etishda landshaft omilining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, landshaftning iqlim, tuproq unumdorligi va suv resurslariga ta’siri hamda bu omillarni oziq-ovqat ishlab chiqarishda muvaffaqiyatli qo‘llash yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda qishloq xo‘jaligi faoliyatida landshaft tahlilining ahamiyati va ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi roli asosiy masalalardan biri sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, landshaftni to‘g‘ri boshqarish orqali qishloq xo‘jaligi resurslarining samaradorligini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash yo‘llari o‘rganiladi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba