Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Fargʻona iqtisodiy rayonida shahar aglomeratsiyalarning shakllanishi va rivojlanishi

Saida K. TashtayevaTashkent State University of Oriental StudiesOlimjon YoqubovNational University of Uzbekistan
2024uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Aholi joylashuvining eng qadimiy va zich rayonlaridan biri Farg'ona vodiysi bo'lib, atroflaridan Chotqol, Qurama, Farg'ona, Oloy, Turkiston tizmalari o'rab, ko'plab daryo va soylarning vujudga kelishini ta'minlaydi. Bu daryolarning tekislik qismida, konussimon yoyilmalarida azaldan dehqonchilik qilish imkoniyati mavjud bo'lib, ko'plab aholi manzilgohlarini to'planishiga sabab bo'lgan. Tog' etaklari bo'ylab cho'zilib ketgan shahar va qishloqlar zamonaviy transport tizimi bilan bog'langan. Vodiy hududining tabiiy jihatdan yaxlitligi, neft`, gaz, ko'mir, rangli metallar, mineral suvlar kabi boyliklari bu yerda hududiy ishlab chiqarish majmualarining, o'z navbatida esa ular negizida shaharlarning rivojlanishiga olib kelgan va o'ziga xos qishloq-shahar megalopolisi shakllangan. Mintaqada aniq ifodalangan yirik transport tugunlarda joylashgan to'rtta aglomeratsiya shakllangan. Bu yerdan parallel o'tgan eng yirik xalqasimon temir, avtomobil yo'llar, elektr uzatish liniyalari, gaz quvurlari polosasida (polimagistral) eng yirik shaharlar, o'rta kattalikdagi polosa bo'ylab o'rta shaharlar, uchinchi darajali chiziqlar bo'ylab kichik va mayda shahar manzilgohlari mujassamlangan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba