AS-DILL OZIQ-OVQAT QO’SHILMALARINING ANTIOKSIDANT FAOLLIGINI O'RGANISH.
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Aholi salomatligi davlatning eng qimmatli boyligidir. Uni saqlab qolish uchun farmatsevtika sanoati oldida aholini sifatli dori vositalari bilan ta’minlash vazifasi turibdi. Bu borada amalga oshirilgan chora-tadbirlar asosida tabiiy xomashyo asosida raqobatbardosh dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etishda bir qator muhim amaliy natijalarga erishildi. "As-Dill" oziq-ovqat qo’shilmasining antioksidant faolligi erkin radikallarga (O2, OH*, HO2) va to'yinmagan yog'li kislotalarning erkin radikallariga (RO*, RO2) ta'sir qilish qobiliyatiga ega. Ushbu ilmiy ishning maqsadi ukrop urug'lari va zubturumo’simligi barglari asosida ishlab chiqilgan "As-Dill" oziq-ovqat qo’shilmasining antioksidant xususiyatini aniqlashdir. Tadqiqot natijasida spektrofotometrik usul yordamida optik zichlikni aniqlash orqali “As-Dill” oziq-ovqat qo’shilmasining antioksidant xususiyatlari tahlil qilindi va oziq-ovqat qo’shilmasining antioksidant faolligi hisoblab chiqildi.