ZARAFSHON VODIYSI QUYI QISMI AGROSYeNOZLARIDA YOMGʻIR CHUVALCHANGI APORRECTODEA CALIGINOSA CALIGINOSA TURINING TARQALISHIGA TUPROQ MUHIT OMILLARINING TAʼSIRI
Litsenziya: cc-by-nc-sa
Annotatsiya
Tadqiqotlar natijasida Zarafshon vodiysi quyi qismi agrosenozlarida tarqalgan Aporrectodea caliginosa caliginosa yomgʻir chuvalchangining tarqalishiga abiotik omillarning taʼsiri katta ekanligi taxlil qilindi. Aporrectodea caliginosa caliginosa – Buxoro va Navoiy shaxriga yaqin xududlardagi agrosenozlarda tarqalgan boʻlib tur tanasining oʻrtacha uzunligi 122-146 mm. gacha boʻlishini va diametri 5-6 mm. ekanligini aniqlandi. Agrosenozlarda tuproq namligining oʻzgarib turishi yomgʻir chuvalchanglariga maksimal taʼsir koʻrsatishi kuzatildi.Tuproqdagi abiotik omillarning taʼsiri natijasida yomgʻir chuvalchanglari bir qatlamdan ikkinchi qatlamga kuchib oʻtishi koʻzatildi.