FARG‘ONA VODIYSI SUG‘ORILADIGAN YERLARIDA AGROIRRIGATSION QATLAMLARNING SHAKLLANISHI VA UNING XOSSALARI
Litsenziya: cc-by-nc-sa
Annotatsiya
Maqolada So‘x daryosining konus yoyilmasida shakllangan dastlabki tuproqlar ustida agroirrigatsion qatlamlarning shakllanishi, sug‘orish suvlarining tarkibi, loyqalilik darajasi uning mexanik tarkibi keltirilgan bo‘lib, fizik-kimyoviy va biologik xossalariga ta’siri hamda o‘zgarishi tahlil qilingan. So‘x daryosi qalqindisi, ya’ni loyqa miqdorining ko‘pligi bilan Janubiy Farg‘ona daryolarining ichida yetakchilik qilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Daryoning konus yoyilmasida allyuvial-prollyuvial yotqiziqlar ustida shakllangan sug‘oriladigan kolmatajlangan tuproqlarning shakllanishida daryo qalqindilari yetarli darajada genezis vazifasini bajarishi va har xil qalinlikdagi agroirrigatsion qatlamlarni shakllanishi yoritilgan. Kalit so‘zlar: agroirrigatsion qatlam, konus yoyilma, akkumulyatsiya, daryo suvlari, dehqonchilik, kimyoviy tarkib, suvning loyqalilik darajasi, qalqindi, mexanik tarkib.