Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KONLARDA NEFT VA GAZ MAHSULOTLARINI YIG‘ISH, TASHISH VA SAQLASHDA  QO‘LLANILADIGAN  JIHOZLARNI VA USKUNALARNI KORROZIYADAN HIMOYA QILISH USULLARI VA VOSITALARINI TANLASH

Eldor Nurmamatovich DustqobilovKarshi State Technical UniversityTashmurza Raxmonovich YuldashevKarshi State Technical UniversityAlijon Bakishyevich DjumabayevKarshi State Technical University
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada neft-gaz sanoatida mahsulotni saqlash uchun foydalaniladigan quvurlar va rezervuarlarning korroziyasi bo‘yicha ilmiy asoslar, korroziya muhitlarining turlari va ularning salbiy ta’siri, shuningdek, bu muhitlarning yuzaga kelish sabablari tahlil qilinadi. Ilmiy tadqiqotlarning asosiy maqsadi – neft va gaz konlarida mahsulotni dastlabki tozalash va uni qayta ishlashga tayyorlash jarayonida yuqori agressiv muhitlarni yaratishdir. Hozirgi vaqtda metall konstruksiyalar va uskunalarni himoya qilish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarga asoslangan geterokompozit polimer mahsulotlarini o‘rganish va ularni sanoat tarmoqlarida qo‘llash zaruriyati ortib bormoqda. Suyultirilgan gazlarning nafaqat neft mahsulotlarida, balki hozirda qazib olinayotgan tabiiy gaz tarkibida ham ko‘payib borayotgani ushbu sohadagi metall uskunalarni korroziyadan himoya qilish va ularning xizmat muddatini uzaytirishda jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar