JIGAR FUNKSIYALARIGA ALKOGOLNING TA'SIRI
Annotatsiya
Ushbu maqolada alkogolning jigar to‘qimalariga ko‘rsatadigan ta’siri, uning metabolik jarayonlarda ishtiroki va patologik o‘zgarishlar rivojlanish mexanizmlari yoritilgan. Alkogolning asosiy parchalanish bosqichlari — alkogol degidrogenaza (ADH), atsetaldegid degidrogenaza (ALDH) va mikrosomal etanol oksidlovchi tizim (MEOS)ning roli ilmiy asosda tahlil qilindi. Shuningdek, alkogol ta’sirida paydo bo‘ladigan jigar kasalliklari: yog‘li gepatoz, alkogolli gepatit, fibroz va sirozning rivojlanish mexanizmlari batafsil bayon etildi. Maqolada klinik oqibatlar, metabolik buzilishlar hamda alkogolning uzoq muddatli xavflari haqida ilmiy dalillarga asoslangan holda fikr yuritildi.
Hali tarjima qilinmagan