Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TALABALAR ORASIDA IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISHNING KOGNITIV JARAYONLARGA TA'SIRI (QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI MISOLIDA)

Shamuratov Xayrullo Shavkat o'g'liMagistrant, Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus, O'zbekiston Email: [email protected] Ilmiy rahbar: Pedagogika fanlari bo'yicha PhD, dotsent Aynazarova Asiya Toshkent amaliy fanlar universiteti, Pedagogika fakulteti
ABI

Annotatsiya

Annotatsiya (O‘zbek tilida) Mazkur maqolada talabalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish darajasi va bu jarayonning kognitiv faoliyatga ta’siri o‘rganilgan. Qoraqalpoq davlat universitetining 120 nafar talabasida o‘tkazilgan tadqiqotda Stroop testi va diqqat barqarorligi testi yordamida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish chastotasi bilan diqqat, xotira, tafakkur kabi kognitiv ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilindi. Natijalar ijtimoiy tarmoqlarga ortiqcha vaqt sarflash diqqat barqarorligini 20–30% gacha pasaytirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari asosida raqamli gigiyena, vaqtni boshqarish va maqsadli foydalanish strategiyalari bo‘yicha psixologik tavsiyalar ishlab chiqildi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba