UCH O'LCHOVLI PIRAMIDA ICHIDAN KESIB O'TUVCHI TSILINDRIK FRAGMENTNING R-FUNKSIYA VA ITERATSIYALI FUNKSIYA SISTEMALARI (IFS) ASOSIDA MODELLASHTIRILISHI
Annotatsiya
Ushbu ilmiy tadqiqot uch o'lchovli fraktal geometriyaning eng muhim namunalardan biri - Sierpinski tetraedroni (Serpinskiy piramidasi) asosida qurilgan yangi turdagi kompozit fazoviy modelni ishlab chiqishga bag'ishlangan. Mazkur fraktal piramida ichidan kesib o'tuvchi vertikal tsilindrik hajm yordamida, murakkab tuzilishga ega, bo'shliqlar tizimi fraktal asosda tashkil qilingan fazoviy obyekt yaratiladi. Tadqiqotning metodik asosini ikki fundamental yondashuv tashkil etadi: (1) R-funksiyalar (RFM) asosida dastlabki shaklning konstruktiv-analitik modeli ishlab chiqiladi; (2) Iteratsiyali funksiya tizimlari (IFS) yordamida Sierpinski fraktalining to'liq iteratsion fazoviy modeli tiklanadi.