Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ASOSIY VOSITALARNI JORIY TA'MIRLASH XARAJATLARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH.

Karimov Otabek SulxonovichTermiz iqtisodiyot va servis universiteti Davlat moliyaviy nazorati va auditi yo'nalishi 2-kurs magistranti
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada korxonalarda asosiy vositalarni joriy ta'mirlash xarajatlari hisobi tizimini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Mavzuning dolzarbligi ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligi, asosiy vositalarning xizmat muddati va samaradorligini oshirish bilan izohlanadi. Amaliy faoliyatda joriy ta'mirlash xarajatlarini to‘g‘ri tasniflash, hujjatlashtirish va ularni xarajatlar tarkibida aks ettirish ko‘plab korxonalarda muammoli hisoblanadi. Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar, normativ-huquqiy manbalar hamda iqtisodiy adabiyotlar asosida joriy ta'mirlash xarajatlari hisobining amaldagi holati tahlil qilinadi. Shuningdek, korxonalarda xarajatlarni to‘g‘ri rejalashtirish, hisobga olish va tahlil qilishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari asosiy vositalarning texnik holatini yaxshilash, moliyaviy natijalarni aniq shakllantirish hamda korxonaning iqtisodiy barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba