Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY JIHATLARI

QURBONOV NURIDDIN RO'ZIQULOVICHToshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Soliq va soliqqa tortish" kafedrasi katta o'qituvchisi
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti eng avvalo investitsiya faoliyatining hajmi, tarkibi va samaradorligi bilan belgilanadi. Aholi daromadlarining o‘sishi, turmush sharoitining yaxshilanishi, ishlab chiqarish quvvatlarining modernizatsiya qilinishi hamda yangi texnologik loyihalarning amalga oshirilishi milliy iqtisodiyotga yo‘naltirilayotgan investitsiya oqimlari bilan uzviy bog‘liqdir. Shu boisdan, har bir davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhit yaratishga intiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyaviy jozibadorlikning oshishi milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi bilan bir qatorda korporativ sektor, xususan, aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy salohiyatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba