Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

YOSH O'QUVCHILARGA INGLIZ TILINI O'QITISHDA ERTAKLAR VA RASMLI KITOBLARNING O'RNI

Ro'zaxon CharshenovaTermiz iqtisodiyot va servis universiteti, Pedagogika va ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti, Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til yo'nalishi, 3-kurs 1.23-guruh talabasiNodirbek Nematullayev
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Yosh o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitishda ertaklar va rasmli kitoblarning o‘rni masalasi bugungi ta’lim amaliyotida faqat metodik masala bo‘lib qolmay, balki bolalar psixologiyasi, tilni egallashning kognitiv mexanizmlari va madaniy kompetensiya shakllanishi bilan chambarchas bog‘liq murakkab ilmiy muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu maqolada ertaklar va rasmli kitoblarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ingliz tilini o‘zlashtirish jarayoniga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi, ularning leksik, grammatik hamda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlari asoslanadi. Tadqiqotda zamonaviy xorijiy va mahalliy ilmiy manbalar tahlili, sinf kuzatuvlari hamda tajriba-sinov natijalari umumlashtirilib, ertak va vizual matnlar orqali til o‘rgatishning samaradorligi isbotlanadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba