Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

IQTISODIY FAOLLIKNI BAHOLASHDA ILGʻOR YONDASHUVLAR HAMDA OʻZBEKISTONDA BIZNES FAOLLIGI INDEKSINI JORIY ETISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI

Jumayev Olimjon SadulloyevichOʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste'molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi direktori, DScToʻymatov Muzaffarjon Yoqubjon oʻgʻliOʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste'molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi bosh ilmiy xodimi hamda Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti magistranti
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada iqtisodiy faollikni tezkor baholashda qoʻllaniladigan ilgʻor yondashuvlar hamda mamlakatimizda Biznes faolligi indeksini (BFI) joriy etishning metodologik va konseptual asoslari yoritiladi. Jahon amaliyotida keng qoʻllanilayotgan Purchasing Managers' Index (PMI), IFO va Tankan kabi indekslar tahlili asosida BFI metodologiyasi ishlab chiqilgan. BFI rasmiy statistik ma'lumotlar kech shakllanishi sharoitida tezkor va real vaqtga yaqin axborotdan foydalanish orqali iqtisodiy jarayonlarda yuzaga keladigan dastlabki oʻzgarishlarni aniqlash imkonini yaratadi. Tadqiqotda ishlab chiqarish, yangi buyurtmalar, xodimlar soni, mahsulot zaxiralari va narxlar dinamikasi kabi indikatorlar asosida quyi indekslar shakllantiriladi hamda umumiy BFI yigʻma koʻrsatkichi hisoblanadi. Olingan natijalar BFIning iqtisodiy sikllarning joriy bosqichlarini baholashda, hududlar kesimidagi biznes muhiti farqlarini aniqlashda hamda qisqa muddatli prognozlarni shakllantirishda samarali analitik vosita ekanini koʻrsatdi. Tadqiqot natijalari Oʻzbekistonda iqtisodiy muhitni muntazam monitoring qilish va iqtisodiy siyosat boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida BFIdan foydalanishning amaliy ahamiyatini asoslab beradi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba