Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

XIX ASRNING 2-YARMI – XX ASR BOSHLARIDA OʻRTA OSIYO HUNARMANDCHILIK USTAXONALARI VA ULARNING SHAKLLANISH JARAYONI

Munisa ABDUMUTALOVASh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
ABI

Annotatsiya

Annotatsiya: Turkiston Rossiya tomonidan zabt etilgach, Turkistonning XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshlaridagi hunarmandchilik va ustaxonalar holat haqida so‘z boradi. Turkiston Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, bu hududda iqtisodiy va ijtimoiy hayotda sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida hunarmandchilik faoliyati an’anaviy tarzda davom etgan bo‘lsa-da, Rossiya sanoat mahsulotlarining kirib kelishi mahalliy ustaxonalar faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Shahar va qishloqlarda temirchilik, kulolchilik, zargarlik, kigizchilik, to‘qimachilik kabi hunarlar keng tarqalgan edi. Ayniqsa, Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Marg‘ilon kabi markaziy shaharlarda ipak, mis, yog‘och va charm mahsulotlari tayyorlash ustaxonalarining soni ko‘p edi. Ammo rus savdogarlari orqali keltirilgan arzon sanoat buyumlari mahalliy mahsulotlarga raqobat tug‘dirib, ko‘plab hunarmandlarning iqtisodiy ahvolini og‘irlashtirdi. Shunga qaramay, o‘lkada hunarmandchilik milliy madaniyatning muhim qismi sifatida saqlanib qoldi va keyinchalik sanoatlashuv jarayonlari uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Kalit so‘zlar: ustaxonalar, shogirdlik an’analari, gildiya, hunarmandchilik, to‘qimachilik.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba