INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TURISTIK XIZMATLAR SOHASIDA INVESTITSION FAOLLIKNI BOSHQARISH: NAZARIYA, AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA
Litsenziya: cc-by-sa
Annotatsiya
Mazkur maqolada innovatsion yondashuv asosida turistik xizmatlar sohasida investitsion faollikni boshqarishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Jahon miqyosidagi raqamli transformatsiya, yashil va sirkulyar turizm, kontaktsiz servislar, smart-destinatsiyalar tashabbuslarining qoʻllab-quvvatlanishi kabi global tendensiyalar sharoitida Oʻzbekiston Respublikasida turistik xizmatlar sohasida investitsion faollikni oshirish mexanizmlari oʻrganilgan. Rossiya, Yevropa Ittifoqi va Osiyo mamlakatlarining ilgʻor tajribalariga tayangan holda, qoʻshilgan qiymat zanjiri, davlat-xususiy sheriklik (DXSh), raqamlashtirish va klasterlashtirish asosida investitsion faollikni boshqarish modellarining samaradorligi asoslangan. Shuningdek, xorijiy ekspertlarning nazariy qarashlari asosida mahalliy sharoitga mos keluvchi strategik yondashuvlar taklif etilgan.