Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MENINGOKOKK KASALLIGINING DIAGNOSTIKA TEKSHIRUV USULLARI

Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Meningokokk kasalligi — Neisseria meningitidis tomonidan chaqiriladigan og‘ir bakterial infeksiya bo‘lib, menenjit va sepsisga olib kelishi mumkin. Meningokokk infeksiyasini erta aniqlash kasallikning og‘ir asoratlarini oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Diagnostika usullari orasida klinik ko‘rik, umumiy qon tahlili, orqa miya suyuqligini (likvor) tekshirish, mikroskopiya, bakteriologik ekish (kultura), lateks-aglutinatsiya testi, PCR va serologik testlar mavjud. Zamonaviy molekulyar metodlar xususan, polimeraz zanjir reaktsiyasi (PCR) meningokokkni tez va aniq aniqlash imkonini beradi. To‘g‘ri diagnostika kasallikni o‘z vaqtida davolash va epidemiologik nazoratni ta’minlashga yordam beradi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba