Xitoy tilini o`qitishda HSK 6 C2 darajasidagi o`zlashma so`zlar tahlili
Annotatsiya
Maqolada xitoy tilining eng yuqori - HSK 6 darajasida qo`llaniladigan o`zlashma so`zlar, ularning xitoy tiliga kirib kelish tarixi, o`zlashish jarayonidagi fonetik o`zgarishlar, ushbu so`zlarning asliyati bilan o`xshash va farqli jihatlari, qo`llanilishi haqida so`z boradi. Shuningdek, maqolada xitoy tilidagi o‘zlashma so‘zlarning manbai, qo‘llanish chastotasi va talaffuz moslashuvini aniqlashga to`xtalib o`tilgan bo`lib, ayniqsa, xitoy tilini o`qitishda uchraydigan yuqori daraja so`zlardan foydalanish, ularni tushuntirishdagi qiyinchiliklar haqida fikr yuritilgan bo`lib, o`zlashma so`zlar ishtirokidagi misollarni ikki tilda – o`zbek va xitoy tillari misolida ko`rishimiz mumkin.