Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BARQAROR BIRIKMALAR TARKIBIGA OID NAZARIYALAR TAHLILI

Babanazarova Sohiba Abdusharipovna, doktorantXorazm Ma'mun akademiyasi, Xorazm
ABI

Annotatsiya

Maqolada barqaror birikmalarning tarkibi, ularning tasnifi va tilshunoslikdagi talqinlari bo‘yicha mavjud yondashuvlar tahlil qilinadi. Frazeologiya va paremiologiya sohalarining bir-biriga munosabati, farqlovchi va umumlashtiruvchi jihatlari V.V. Vinogradov, N.M. Shanskiy, N.F. Alefirenko, Z.G. Uraksin, H. Berdiyorov, R. Rasulov kabi olimlar qarashlari asosida yoritiladi. Maqol, matal, aforizm, ibora va turg‘un o‘xshatishlarning o‘zaro o‘xshash hamda differensial tomonlari ilmiy manbalar asosida ko‘rsatilib, turg‘un o‘xshatishlarning frazeologik birlik sifatidagi maqomi alohida asoslab beriladi. Shuningdek, barqaror birikmalarning xalq tafakkuri, madaniy qadriyatlar, diniy va axloqiy qarashlarni aks ettiruvchi muhim til birliklari ekanligi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari barqaror birikmalarni o‘rganish tilshunoslikda hanuz dolzarbligini yo‘qotmagan murakkab masala ekanini ko‘rsatadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba