GAZ TAQSIMLASH MEXANIZMI ORQALI YONISH JARAYONINI BOSHQARISH USULLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada ichki yonuv dvigatellarida gaz taqsimlash mexanizmi orqali yonish jarayonini boshqarish usullari tahlil qilingan. Gaz taqsimlash mexanizmining yonish samaradorligiga ta’siri, klapanlarning ochilish va yopilish vaqtlarini boshqarish, klapan ko‘tarilish balandligini o‘zgartirish hamda gaz taqsimlash fazalarini moslashtirish orqali yonish jarayonini optimallashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy dvigatellarda qo‘llanilayotgan gaz taqsimlash mexanizmlarining yonilg‘i tejamkorligi va ekologik ko‘rsatkichlarga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari dvigatel quvvatini oshirish, yonilg‘i sarfini kamaytirish va zararli gazlar chiqindilarini pasaytirishda gaz taqsimlash mexanizmining muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.