Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MONEZIOZGA CHALINGAN QO‘YLAR QONINING MORFOLOGIK VA BIOKIMYOVIY KO‘RSATGICHLARIGA ACHILLEA MILLEFOLIUM L. VA ACHILLEA ARABICA KOTSCHY DORIVOR O‘SIMLIKLARIDAN TAYYORLANGAN FITODAMLAMALARNING TA’SIRI

Moxigul ISTAMKULOVASamarqand davlat universiteti Biokimyo instituti tayanch doktorantiAsadullo DaminovSamarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti professori, v.f.dXudoyor KELDIYAROVSamarqand davlat universiteti Biokimyo instituti professori, b.f.n
2025
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda Samarqand viloyatining tog‘li hududlarida yig‘ilgan Achillea millefolium L. va Achillea arabica Kotschy o‘simliklaridan tayyorlangan fitodamlamalarning qo‘ylardagi ichak gelmintlariga qarshi samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqot doirasida o‘simliklarning gullaridan gidrodistillyatsiya usuli yordamida efir moylar ajratib olinib, GX-MS usuli orqali kimyoviy tarkibi o’rganildi. Natijalarga ko‘ra efir moylar tarkibida antigelmint va antimikrob xususiyatlariga ega bo‘lgan, Ascaridole, m-Cymene, Terpinolene, Carvacrol, Thymol kabi biologik faol moddalarning mavjudligi aniqlandi. Shu bilan birga, gelmintokoprologik, gematologik, biokimyoviy tahlillar o‘tkazilib, fitodamlamalar bilan davolangan qo‘ylarda gelmintlar tuxumlari sonining kamayib borishi, qon ko‘rsatgichlari va umumiy oqsil, albumin hamda globulin ko‘rsatkichlarining me’yorga yaqinlashgani kuzatildi. Natijalar fitopreparatlarning antigelmint, yallig‘lanishga qarshi, qon tarkibini me’yorga keltiruvchi va organizmning himoya tizimini faollashtiruvchi ta’sirga ega ekanligini ko‘rsatdi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba