BUXORO VILOYATI SURQO‘NG‘IR TUPROQLARIDA TARQALGAN MIKROORGANIZMLARNING MIQDORIY TAHLILI
Litsenziya: cc-by-nc-sa
Annotatsiya
Ushbu maqolada Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani sur-qo‘ng‘ir tuproqlarida tarqalgan mikroorganizmlarining asosiy fiziologik guruhlarining tavsifi keltirilgan. Buxoro neftni qayta ishlash zavodidan 700 m, 1,5, 14 va 25 km uzoqliklardan tuproq namunalari olingan va turli xil fiziologik guruhlarga mansub mikroorganizmlar aniqlangan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida neftni qayta ishlash zavodidan 700 m uzoqlikdagi tuproq namunasidan ammonifikator bakteriyalar, aktinomitsetlar, oligonitrofil mikroorganizmlar, fosfor parchalovchi bakteriyalar mavjudligi va azotobakterlarning umuman uchramasligi tahlil qilingan. Ammonifikator bakteriyalaridan Bacillus, Micrococcus va Pseudomonas avlodlariga mansub turlar, mikromitsetlardan esa Mucor, Penicillium, Aspergilus va Rhizopus avlodlariga mansub zamburugʼlar aniqlangan.
Hali tarjima qilinmagan