BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA PARADIGMAL YONDASHUVNING AHAMIYATI
Annotatsiya
Ushbu maqolada, boʻlajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirishda zamonaviy ta’lim paradigmalarining ahamiyati tadqiq etilgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshlangʻich ta’limning dolzarb masalalari va rivojlanish ko‘rsatkichlari, boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirishda paradigmal yondashuvning nazariy va amaliy jihatlari, uning pedagogik jarayonda o‘qituvchilarni tayyorlashga ta’siri kompetentlikning shakllanishida kognitiv, gumanitar va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmalari kabi zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida ta’lim jarayonini tashkil etish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.