MAKKAJO'XORI SO'TASIDAN OLINADIGAN ADSORBENTLARNING TERMIK VA IQ SPEKTROSKOPIK TAHLILI
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda faollashtirilgan uglerod, makkajo‘xori so‘talarini havosiz sharoitda karbonizatsiya qilish, so‘ngra kaliy gidroksid (KOH) yordamida turli massa nisbatlarida (1:1, 1:3 va 1:5) kimyoviy faollashtirish orqali olindi. Karbonizatsiya jarayoni argon atmosferasida 400°C da Olib borildi va keyingi faollashtirish 800°C da amalga oshirildi. Olingan uglerod materiallarining strukturaviy va termik barqarorligi differensial termik analiz (DTT) va Furye Transform Infraqizil (FTIQ) spektroskopiyasi yordamida tahlil qilindi. FTIQ spektrlari C-H, C=C va C-O kabi funktsional guruhlarning mavjudligi va modifikatsiyasini tasdiqladi, DTT natijalari esa karbonizatsiya va faollashtirish bosqichlarida sezilarli termik o‘zgarishlar aniqlandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, modifikatsiyalangan faol uglerod adsorbent sifatida foydalanish mumkin.