Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TIBBIY TA'LIM TALABALARIDA KLINIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK AHAMIYATI

Shoxrux Murodil o'g'li SuyarovFarg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
2025uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada tibbiy ta’limda bo‘lajak shifokorlarning klinik kompetentligini rivojlantirishning didaktik asoslari tahlil qilinadi. Muallif Kaplan, UWorld, NBME kabi xalqaro o‘quv platformalarining o‘rni, amaliy mashg‘ulotlar, rolli o‘yinlar, klinik keyslar va integratsiyalashgan fanlar tizimi orqali talabada dalillarga asoslangan klinik tafakkur, refleksiya va empatiya kabi kasbiy fazilatlarning shakllanishini asoslab beradi. Tadqiqotda klinik kompetensiya kognitiv, psixomotor va affektiv komponentlarning uyg‘un tizimi sifatida talqin etilib, USMLE modeli asosida shifokor tayyorlashning didaktik imkoniyatlari aniqlanadi. Xulosa sifatida maqola tibbiy ta’limda kompetensiyaviy, innovatsion va refleksiv yondashuvlarni integratsiyalash zarurligini ta’kidlaydi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba