Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MUHOFAZA QILISH VA BARQAROR RIVOJLANISH: EKOTURIZMNING ILMIY JIHATLARI VA MONVISO TRANSCHEGARAVIY BIOSFERA QO'RIQXONASI TAJRIBASI TAHLILI

Xayrullayeva Nilufarbegim Nematillo qiziBuxoro davlat universiteti, Turizm va mehmonxona xo'jaligi kafedrasi o'qituvchisi
2025uz
ABI

Annotatsiya

Muhofaza qilish va barqaror rivojlanish o‘rtasidagi muvozanatga asos bo‘lgan ekoturizm masalasi 1980-yillarning oxiridan beri ilmiy muhokamalarning markazida bo‘lib,so‘nggi yillarda ushbu bahs-munozaralarda ekoturizm konsepsiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ekoturizm tabiiy hududlarda amalga oshiriladigan, mahalliy jamoalarni qo‘llab-quvvatlaydigan va bilim olish jarayonini o‘z ichiga olgan turizm shakli sifatida ta’riflanadi, hamda ushbu turizm shakli muhofaza qilish va barqaror rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlovchi ideal mexanizm sifatida qaralsa-da, amaliyotda muayyan muammolarga duch keladi. Ushbu maqola ekoturizmni barqaror rivojlanish dasturi orqali rivojlantirishga asos bo‘lgan davlat Italiya va uning Monviso transchegaraviy biosferea qo‘riqxonasi tajribasi tahliliga qaratilgan. Barqaror rivojlanish dasturiga ko‘ra, ya’nikim ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik unsurlar bilan bir qatorda ta’limiy unsurni qo‘llagan holda hududdagi ekoturistik destinatsiyalarni barqaror rivojlantirish imkoniyati chuqur o‘rganilgan. Italiyadagi Monviso transchegaraviy biosfera qo‘riqxonasi (MBR) 2013-yilda YUNESKO tomonidan biosfera qo‘riqxonasi sifatida tan olingan bo‘lib, 2015-yilda Yevropa Barqaror Turizm Xartiyasiga (ECTS) qo‘shilgan. Ushbu maqola Monviso tajribasi misolida ekoturizmning ta’lim vositasi sifatidagi roli, muammolari va O‘zbekiston qo‘riqxonalari uchun qo‘llash imkoniyatlarini tahlil qilishga qaratilgan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba