OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA OZIQ-OVQAT SANOATI VA BOJXONA TIZIMI FAOLIYATINI BOSHQARISH
Annotatsiya
Maqolada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda oziq-ovqat sanoati va bojxona tizimi faoliyatini boshqarishning ahamiyati va roli tahlil qilingan. Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini kafolatlash va ularning xavfsizligini ta’minlash jarayonida bojxona nazorati va sanoat standartlarini joriy etish muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada eksport-import operatsiyalarida yuzaga keladigan muammolar, bojxona tartib-taomillarini takomillashtirish va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini oshirish masalalari yoritilgan. Natijalarda bojxona va oziq-ovqat sanoati o‘rtasidagi samarali hamkorlik oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy vositalaridan biri ekani ta’kidlangan.