O'ZBЕKISTONDA FARMATSЕVTIKA MAHSULOTLARI SIFAT NAZORATI TIZIMINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (The Pharmaceutical Quality Control System in Uzbekistan: Stages of Formation and Development)
Annotatsiya
Mazkur material "Oʻzbekistonda farmatsevtika mahsulotlari sifat nazorati tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari" nomli maqolaga asoslangan bo‘lib, "Oʻzbekiston farmatsevtik xabarnomasi" ilmiy-amaliy jurnalining 2025-yildagi 3-son (Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tashkil etilganining 30 yilligiga bagʻishlangan maxsus son)da chop etilgan. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida farmatsevtika mahsulotlari sifat nazorati tizimining mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bugungi kungacha bosib oʻtgan rivojlanish bosqichlari yoritilgan. Unda farmatsevtika mahsulotlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish tizimining shakllanishi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining tashkil etilishi va rivojlanishi, dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ekspertiza, sertifikatlashtirish, farmakologik nazorat, GMP talablari hamda xalqaro standartlarga uygʻunlashtirish jarayonlari batafsil bayon etilgan. Shuningdek, maqolada farmatsevtika sohasini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlari, Prezident farmonlari va Hukumat qarorlari, ularning soha rivojiga qoʻshgan hissasi hamda dori vositalari sifati, xavfsizligi va samaradorligini ta'minlashga qaratilgan islohotlar tahlil qilingan. Material farmatsevtika sohasining tarixiy taraqqiyotini oʻrganish, sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarni tahlil qilish hamda farmatsevtik boshqaruv va tartibga solish yoʻnalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim manba hisoblanadi. Kalit soʻzlar: farmatsevtika, dori vositalari, sifat nazorati, farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, sertifikatlashtirish, farmakologik nazorat, GMP, farmatsevtika qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasi, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika siyosati.