KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA IMTIYOZ VA PREFERENSIYALARNING O'RNI
Annotatsiya
Kuchli raqobat sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlar alohida oʻrin tutadi. Ularning asosiy maqsadi mijozlarning ehtiyojlarini topish va qondirishdir, bu esa oʻz navbatida iqtisodiy oʻsishga hissa qoʻshadi. Davlat bozorning bu asosiy elementlarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishga harakat qiladi, chunki ular iqtisodiyotning asosi hisoblanadi. Shu asnoda, ushbu maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishda imtiyoz va preferensiyalarning rolini batafsil koʻrib chiqamiz. Ularning raqobatbardoshlikni oshirishdagi ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtamiz. Tadqiqot natijalarida muvofiq innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyotga oʻtish sharoitida biz kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga koʻmaklashadigan shaffof imtiyoz va preferensiyalar tizimini yaratishni taklif etiladi.