Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

RAQAMLI IQTISODIYOT: MOHIYATI, TARKIBI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Nasrullayev Nurbek BaxtiyarovichTATU, mustaqil tadqiqotchi
2025uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu ishda raqamli iqtisodiyotning mohiyati, rivojlanish bosqichlari va jamiyatgata’siri yoritilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida aloqalarni kuchaytirib, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi hamda bilim va axborotning iqtisodiy resurs sifatidagi ahamiyatini oshirishi qayd etilgan. Raqamli iqtisodiyot nafaqat internet va elektron tijorat bilan bog‘liq jarayonlarni, balki butun iqtisodiy model va biznes jarayonlarining raqamli texnologiyalar asosida tubdan o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. Ishda raqamli bozorlarning o‘ziga xos raqobat xususiyatlari, platformalarning ustunligi, tarmoq effektlari, innovatsiya va investitsiyalar muhim o‘rin egallashi ta’kidlangan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning infratuzilma, elektron biznes va elektron tijorat kabi asosiy komponentlari, shuningdek, Big Data, IoT, FinTech va boshqa zamonaviy texnologiyalar orqali kengayib borayotganligi ko‘rsatib berilgan. Raqamli transformatsiyaning sanoatga ta’siri “Sanoat 4.0” konsepsiyasi doirasida tahlil qilingan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba