TIBBIYOT OLIY TA'LIM MUASSASALARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA TA'LIM XIZMATLARI MODELI VA PROGNOZI
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish omillari iqtisodiy-statistik yondashuv asosida tahlil qilingan. Ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik, raqamli infratuzilma va bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanish darajasi asosiy omillar sifatida belgilangan. Raqobatbardoshlik indeksi (RQ) model asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, panel ma’lumotlar asosida Pooled OLS, Fixed Effects va Random Effects regressiya modellaridan foydalanilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, Fixed Effects modeli eng ishonchli deb topildi. Shuningdek, vaqtli qator modellaridan foydalanib 2030-yilgacha prognoz berilgan. Xorijiy tajriba va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosida milliy tibbiy ta’lim tizimining istiqbollari yoritilgan.