QISHLOQ XO'JALIGI KLASTERNI RAQAMLI TEXNOLOGIYADAN FOYDALANGAN HOLDA TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi klasterlarining faoliyatini raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtirish usullari tahlil etilgan. Jumladan aqlli qishloq xo‘jaligi tizimlari, IoT (Internet of Things), big data, blockchain va raqamli platformalar kabi texnologiyalarning klasterlarni rivojlantirishdagi o‘rni va foydalari ko‘rsatilgan. Raqamli texnologiyalar orqali klasterlar resurslardan samarali foydalanish, mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish usullari ishlab chiqilgan. Big data va data analitika yordamida klasterlar bozor talablarini oldindan prognozlash, iqlim sharoitlarini tahlil qilish va mahsulotlarning sifatini yaxshilash imkoniyatiga ega tahlil qilingan.