SAVDO XIZMATLARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA MARKETING TADQIQOTLARIDAN FOYDALANISHNING IJTIMOIY IQTISODIY MEXANIZMLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada savdo xizmatlari sohasida raqobatbardoshlikni oshirish jarayonida marketing tadqiqotlaridan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari tahlil qilingan. Marketing tadqiqotlari orqali bozor holatini aniqlash, iste’molchilar ehtiyojlarini o‘rganish, raqobatchilar strategiyasini baholash va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xizmatlar sifatini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish va mijozga yo‘naltirilgan yondashuvni kuchaytirish orqali xizmatlar tarmog‘ining barqaror rivojlanishiga erishish yo‘llari ochib beriladi. Maqolada marketing tadqiqotlarining iqtisodiy samaradorlik, bandlik darajasi va aholi farovonligiga ta’siri alohida yoritilgan.