Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BIZNES REGISTR KONSEPSIYA LOYIHALAR SAMARADORLIGI VA JORIY ETISH ISTIQBOLLARI

Sheraliyev Nurbek AbduxalilovichKadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti mustaqil izlanuvchisi
2025uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada biznes registr konsepsiyasi loyihalarining samaradorligi, ularni joriy etishning huquqiy, institutsional va texnologik asoslari, shuningdek, O‘zbekistonda ularning amaliyotga tatbiq etilish istiqbollari atroflicha tahlil qilinadi. Biznes registrlar orqali iqtisodiy subyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona manbada jamlanishi, ularning aniqligi va tezkorligi davlat boshqaruvi va statistika uchun muhim vosita ekanligi asoslanadi. Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar – Estoniya, Norvegiya, Polsha kabi mamlakatlar registr tizimlari o‘rganilib, O‘zbekiston sharoitida raqamlashtirish darajasi, axborot almashinuvi muammolari va joriy infratuzilmaning holati baholanadi. Tadqiqot yakunida biznes registr konsepsiyasining samarali joriy etilishi uchun zarur bo‘lgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Maqola statistik tahlil, normativ-huquqiy bazani o‘rganish va xalqaro taqqoslama metodlariga asoslanadi hamda iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy yondashuvni taqdim etadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba