Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

DAVLAT QARZI SIYOSATINI BOSHQARISHDA SHAFFOFLIK VA OCHIQ MA'LUMOTLAR TIZIMINING O'RNINI TA'MINLASH MASALALARI

Nasrulla Tashmuratovich TilabovToshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Moliya va moliyaviy texnologiyalar" kafedrasi dotsenti, i.f.n
2025uz
ABI

Annotatsiya

Davlat qarzi siyosatini boshqarishda shaffoflik va ochiq ma’lumotlar tizimi muhim omil bo‘lib, u qarz yuklamasining barqarorligi va moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashda asosiy shartlardan biridir. Yopiq ma’lumotlar tizimi investorlar ishonchiga salbiy ta’sir etib, qarz risklarini oshiradi. Tadqiqotda normativhuquqiy hujjatlar tahlili, xalqaro tajribani qiyoslash, statistik ma’lumotlarni o‘rganish va konseptual yondashuvlardan foydalanildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ochiq ma’lumotlar tizimi orqali davlat qarzi bo‘yicha to‘liq va tezkor axborot taqdim etilishi qarz xavflarini baholash va prognozlash samaradorligini oshiradi. Shuningdek, ochiqlik davlat qarzi siyosatida hisobdorlikni kuchaytiradi va xalqaro reytinglardagi ishonchni mustahkamlaydi. Bu kabi shaffoflik va ochiq ma’lumotlar tizimini rivojlantirish davlat qarzi boshqaruvini samarali tashkil etishga, moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba