Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TUROPERATORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISH JARAYONLARIDA ILMIY YONDASHUV VA SAMARADORLIKNI OSHIRISH USULLARI

Mamadaliyev Ulug'bekQo'qon universiteti, Xalqaro hamkorlik departamenti boshlig'i
2025uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur ilmiy maqolada turoperatorlik faoliyatini boshqarishning zamonaviy muammolari va ularni hal etishda ilmiy yondashuvlarning ahamiyati atroflicha tahlil qilingan. Global turizm bozoridagi shiddatli raqobat, texnologik o‘zgarishlar va iste’molchilar talablarining yuksalishi sharoitida turoperatorlardan o‘z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish, samaradorlikni oshirishning innovatsion usullarini joriy qilish talab etilmoqda. Tadqiqotda turoperatorlik faoliyatini boshqarishning an’anaviy modellaridan voz kechib, strategik rejalashtirish, moliyaviy menejment, marketing innovatsiyalari, inson resurslarini boshqarish va mijozlar bilan munosabatlarni optimallashtirish kabi ilg‘or usullarni qo‘llash zarurati asoslab berilgan. Maqolada samaradorlikni baholashning asosiy mezonlari ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston turoperatorlari faoliyatini tahlilqilish asosidaularning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, jarayonlarni raqamlashtirish, ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish (data-driven decision making) va barqaror turizm tamoyillarini integratsiya qilish orqali turoperatorlar faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini va bozor pozitsiyasini mustahkamlash imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari turizm sohasidagi ilmiy izlanuvchilar, turoperatorlar rahbarlari va menejerlari, shuningdek, turizmni rivojlantirish siyosati bilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba